
- 3
- 15.08.2026 12:55:00
- 1 min read
Altay tog‘lari bag‘rida joylashgan ko‘llar o‘zining tiniq suvi, baland tog‘lar va zich o‘rmonlari bilan sayohatchilarni o‘ziga rom etadi. Bu hududda yuzlab katta-kichik ko‘llar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari muzliklardan hosil bo‘lgan.
💎 Ko‘llarning suvi mavsum va joylashuviga qarab moviy, yashil yoki firuza rangda tovlanadi. Atrofidagi qorli cho‘qqilar va ignabargli o‘rmonlar esa manzarani yanada betakror qiladi.
🌿 Altay — shovqinli shaharlardan uzoqlashib, tabiat qo‘ynida sokinlikni his qilish uchun ajoyib maskan.