
- 0
- 17.10.2025 13:37:00
- 1 min read
Toshkentning Chilonzor tumanida kattalar qarovisiz uchinchi qavatdagi balkonda uch nafar bola o‘ynab yurgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Kadrda eng kichik bola panjaradan oshib o‘tmoqchi bo‘lib, boshini panjara orasiga tiqib turganini ko‘rish mumkin. Guvohlarning aytishicha, onasi bolalarni uyda yolg‘iz qoldirib, tashqariga chiqqan. Voqea joyidan o‘tgan fuqarolar bolaning yiqilib ketishidan xavotirlanib, uni tutib qolishga tayyor turgan. Yaxshiyamki, fojea yuz bermadi. Yuqori qavatda yashovchi qo‘shni erkak balkondan pastga tushib, bolalarni xavfsiz tarzda xonaga olib kirgan.