Namanganda 7 yoshli qiz zo‘rlandi

Namanganda 7 yoshli qiz zo‘rlandi
  • 1
  • 18.10.2025 15:01:00
  • 1 min read

Namanganda 7 yoshli qizaloq o‘z qarindoshi tomonidan zo‘rlandi. Ma’lum qilinishicha, 1987-yilda tug‘ilgan erkak 14-oktabr kuni tog‘asinikiga to‘yga borgan va tog‘asining 2018-yilda tug‘ilgan nevarasini aldab, chetga olib chiqib zo‘rlagan. Qizaloq hozirda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida. Jinoyatchi ikki kunlik qidiruvdan so‘ng qo‘lga olingan va sud qaroriga ko‘ra, qamoqqa olingan. Aniqlanishicha, erkak ilgari ham bir necha marta shunday jinoyatlar uchun sudlangan. 2014-yilda jinsiy zo‘ravonlik va bezorilik uchun, 2020-yilda esa nomusga tegish jinoyati uchun 10 yil 2 oyga qamalgan, biroq jazosi keyinchalik axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan. Voqea jamoatchilikda katta rezonans keltirib chiqardi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Dilnoza Azizova pedofillarga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish vaqti kelganini aytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News