Toshkentga kirish-chiqish postlari ko‘chiriladi

Toshkentga kirish-chiqish postlari ko‘chiriladi
  • 6
  • 17.10.2025 13:56:00
  • 1 min read

Toshkent shahriga kirish va chiqish postlarini boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Haydarov ma’lum qildi. Shaharga har kuni 400 mingdan ortiq avtomobil va 1 milliondan ortiq odam kirib-chiqadi. Postlar ko‘chirilishi bilan shaharga yaqin hududlarda avtovokzallar, to‘xtash joylari va kempinglar yaratiladi. Shuningdek, jamoat transporti tizimi rivojlantiriladi, BRTga o‘xshash alohida yo‘llar va marshrutlar qo‘yiladi, bu esa tirbandlikni sezilarli kamaytiradi. Loyihalashtirish ishlari bu yil boshlanadi, qurilish esa keyingi yil boshidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News