Britaniyada 10 yil oldin yo‘qolgan mushuk uyiga qaytdi

Britaniyada 10 yil oldin yo‘qolgan mushuk uyiga qaytdi
  • 1
  • 18.08.2026 10:35:00
  • 1 min read

Buyuk Britaniyada 2016-yilda yo‘qolgan Charli laqabli mushuk 10 yil o‘tib topilib, egalariga qaytarildi.
Charli o‘sha paytda 3 yoshda bo‘lgan. Egalari Lyusi va Xanna Robertsonlar uni bir necha oy davomida izlagan, biroq topa olmagan. Ular mushuk mashina urib ketgan yoki nobud bo‘lganidan xavotirlangan.
Oradan 10 yil o‘tib, Lyusining 30 yoshga to‘lgan kunida oilaga veterinariya klinikasidan qo‘ng‘iroq qilib, Charli topilgani ma’lum qilingan. Mushukni mahalliy aholi butalar orasidan topib, bir necha hafta davomida ovqatlantirgan. Keyin uni veterinarga olib borishgan. Mutaxassislar mikrochip orqali mushukning egalarini aniqlashgan.
Charlining sog‘lig‘i yaxshi ekani, tashqi ko‘rinishi esa deyarli o‘zgarmagani aytilmoqda. Hozir u oilasi va boshqa uy hayvonlariga qayta moslashmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News