
- 3
- 05.11.2025 09:57:00
- 1 min read
Kentukki shtatida UPS aviakompaniyasiga tegishli yuk samolyoti qulab tushdi. Hodisa 4-noyabr kuni kechki payt Muhammad Ali xalqaro aeroportidan ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay yuz berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 7 kishi halok bo‘lgan, yana 11 nafar kishi jarohat olgan. Halok bo‘lganlarning ayrimlari samolyot ichida, boshqalari esa samolyot urilgan yerda joylashgan binolarda bo‘lgan. Uchish paytida samolyot dvigateli yonib ketgani taxmin qilinmoqda.
Qulash oqibatida bir nechta sanoat binolari vayron bo‘ldi va yong‘in chiqdi. Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) va Transport xavfsizligi kengashi (NTSB) halokat sabablarini o‘rganishni boshlagan.