Buxoroda talaba qizga jinsiy aloqa taklif qilgan tyutor 3 sutkaga qamaldi

Buxoroda talaba qizga jinsiy aloqa taklif qilgan tyutor 3 sutkaga qamaldi
  • 3
  • 05.09.2026 14:55:00
  • 1 min read

Buxoroda universitet tyutori tunda talaba qizga qo‘ng‘iroq qilib, uni oraliq nazoratlardan o‘tkazib qo‘yishini aytgan va buning evaziga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan.

Hodisa 14-avgust kuni soat 22:00 atrofida sodir bo‘lgan. Tyutor talaba qizga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilgan. Qiz uning gaplaridan qo‘rqib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishini aytganidan keyin ham tyutor unga qo‘ng‘iroq qilishda davom etib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi nomaqbul so‘zlarni aytgan.

Sudda tyutor qilmishini tan olib, o‘sha kuni mast bo‘lganini aytgan va qizdan kechirim so‘ragan.

Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan aybdor deb topib, 3 sutkaga ma’muriy qamoqqa hukm qilgan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News