
- 11
- 12.10.2026 20:03:00
- 1 min read
Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni imzolandi.
Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi. U ushbu lavozimga 2024-yil noyabrida tayinlangan, bungacha esa mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Botir Qudratxo‘jayev mehnat faoliyatini 1997-yilda O‘zbekiston harbiy prokuraturasida boshlagan. Keyinchalik Farg‘ona viloyati harbiy prokuraturasida tergovchi-kriminalist, Toshkent harbiy okrugida katta tergovchi va Toshkent viloyati harbiy prokurori lavozimlarida ishlagan.
2022-yil noyabrida u bosh prokuror o‘rinbosari — O‘zbekiston harbiy prokurori etib tayinlangan. 2025-yil fevralida esa favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimini egallagan va unga general-mayor harbiy unvoni berilgan. U 2026-yil yanvarida ushbu lavozimdan ozod etilgan.