
- 2
- 19.08.2026 15:09:00
- 1 min read
Toshkentda taksi haydovchisini kaltaklagan bloger qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB vakili Qahramon Xudoyberganov ma’lum qildi.
Hodisa 17-avgust kuni Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Taksi haydovchisi Yoqubbek Jo‘raboyev va yo‘lovchi ayol o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Shundan so‘ng ayolning ikki tanishi bo‘lgan blogerlar voqea joyiga kelib, haydovchi bilan janjallashgan va unga kuch ishlatgan. Haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Blogerlar dastlab haydovchini ayolga jinsiy tegajog‘lik qilganlikda ayblab, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqatgan. Keyinchalik esa videolar o‘chirib tashlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olingan.
Shuningdek, taksi haydovchisiga tuhmat qilishda gumonlanayotgan yo‘lovchi ayolga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (Tuhmat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.