Billi Aylish konsertda muxlis tomonidan “hujumga uchradi”

Billi Aylish konsertda muxlis tomonidan “hujumga uchradi”
  • 0
  • 11.10.2025 13:37:00
  • 1 min read

Amerikalik mashhur qo‘shiqchi Billi Aylish Mayami shahridagi konserti paytida kutilmagan hodisaga duch keldi. Qo‘shiqchi sahnadan tushib, muxlislar bilan qo‘l berib salomlashayotganda, bir muxlis uni qo‘lidan ushlab, olomon ichiga tortmoqchi bo‘lgan. Natijada Aylish to‘siqqa urilgan. Xavfsizlik xodimlari tezda aralashib, ushbu “qo‘pol” muxlisni olomon orasidan chiqarib yuborgan. Holat aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab muxlislar san’atkor xavfsizligiga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News