Behruz Karimov Shveysariya klubiga o‘tdi

Behruz Karimov Shveysariya klubiga o‘tdi
  • 1
  • 08.08.2026 18:36:00
  • 1 min read

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Surxon” klubining 19 yoshli himoyachisi Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi. Karimov Toshkentda yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib, “Lugano” bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi Shveysariyada o‘ynashi uchun zarur vizani olgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

“Lugano” Shveysariya Superligasida ishtirok etadigan tarixiy klublardan biri bo‘lib, o‘tgan mavsumni 3-o‘rinda yakunlagan va Konferensiyalar Ligasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan.

Behruz Karimov futbolchilik faoliyatini “Odil Junior” akademiyasida boshlagan. U JCh-2026da O‘zbekiston terma jamoasi safida Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushgan. Mundialdagi ishonchli o‘yinlaridan so‘ng unga Yevropa klublari qiziqish bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News