
- 3
- 04.10.2025 08:31:00
- 1 min read
“Safe Road YHXBB” ilovasida auksionsiz chiroyli avtoraqamlar sotuvga chiqdi. Endilikda mashhur kombinatsiyalar, masalan, “777” yoki “888” raqamlarini belgilangan narxlarda xarid qilish mumkin. Jismoniy shaxslar uchun 7 mln so‘m (BHMning 17 baravari), yuridik shaxslar uchun esa 10,3 mln so‘m (BHMning 25 baravari). Sotuvga qo‘yilgan raqamlar ilgari auksionda taklif qilingan, lekin xaridor topilmagan 1-3 kategoriyadagi eng mashhur raqamlar hisoblanadi.
2026-yilning 1-yanvaridan boshlab istalgan harf va raqam kombinatsiyasini 7 million so‘mga sotib olish mumkin bo‘ladi.