
- 7
- 11.08.2026 15:21:00
- 1 min read
Damashq jinoyat sudi Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, o‘lim jazosiga hukm qildi. Shuningdek, uning amakivachchasi Atef Najibga ham qasddan odam o‘ldirish hamda qiynoqqa solish jinoyatlari bilan o‘lim jazosi tayinlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Najib 2011-yilda Deraa provinsiyasida siyosiy xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan. U hukumatga qarshi namoyishlarni shafqatsiz bostirishga rahbarlik qilganlikda ayblangan. Mazkur voqealar keyinchalik Suriyada 14 yil davom etgan fuqarolar urushining boshlanishiga turtki bergan. Bashar Asad esa 2024-yil dekabrida isyonchi kuchlar Damashqqa yaqinlashganidan so‘ng, oilasi va yaqinlari bilan Rossiyaga qochib ketgan. Suriya tomoni uni sud qilish uchun Rossiyadan ekstraditsiya qilishni so‘ragan, biroq Kreml bu talabni rad etgan.
Bundan tashqari, Bashar Asadning ukasi Maher Asad ham qasddan odam o‘ldirish va qiynoqlarda aybdor deb topilib, sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilingan.