
- 0
- 08.10.2025 14:34:00
- 1 min read
Avvalroq Toshkentdagi G‘afur G‘ulom metro bekatida yo‘lovchi ayol farzandini dunyoga keltirgani haqida xabar berilgandi. Toshkent metropoliteni rahbariyati metroda bola dunyoga keltirgan ayol va uning farzandiga umr bo‘yi bepul metrodan foydalanish imkonini beruvchi maxsus kartani topshirmoqchi. Shuningdek, hodisa vaqtida ogohlik va jasorat namunasi ko‘rsatgan navbatchi xodima Naima Mahammadjonova hamda jarayonda ishtirok etgan bir qator metro xodimlari ham Toshkent metropoliteni rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi.