Shimoliy Irlandiyada maktablarga bomba qo‘yilgani to‘g‘risida 300 ga yaqin xatlar kelib tushdi

Shimoliy Irlandiyada maktablarga bomba qo‘yilgani to‘g‘risida 300 ga yaqin xatlar kelib tushdi
  • 2
  • 20.10.2026 10:53:00
  • 1 min read

Shimoliy Irlandiyada 300 ga yaqin maktabga elektron pochta orqali bomba qo‘yilgani haqida tahdidli xatlar yuborildi. Xabarlarda maktablarda portlovchi qurilmalar borligi aytilgan, elektron maktublar oxirida esa “Allohu akbar” iborasi yozilgan.
Shimoliy Irlandiya politsiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, maktablarga bir xil mazmundagi tahdidli xatlar kelib tushgan. Dastlab 150 dan ortiq maktab bunday xabarlarni olgani bildirilgan bo‘lsa, keyinchalik ularning soni qariyb 300 taga yetgan.
Shimoliy Irlandiya ta’lim vaziri Pol Givan jurnalistlarga tahdidli xatlarda mamlakatda shariat qonunlarini joriy etish talabi ham tilga olinganini aytgan. Biroq, xabarlarni kim yuborgani hozircha mustaqil ravishda tasdiqlanmagan.
Vazirning ta’kidlashicha, dastlabki baholashga ko‘ra, maktablarga yuborilgan tahdidlar haqiqiy xavf sifatida ko‘rilmagan. Shunga qaramay, ayrim ta’lim muassasalari xavfsizlik nuqtayi nazaridan yopilgan.
Pol Givan maktablar faoliyatining izdan chiqarilishini qoralab, yuzaga kelgan vaziyatdan chuqur xavotirda ekanini bildirgan.
Maktab rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berilgan va ular vaziyatdan muntazam xabardor qilib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News