
- 1
- 19.08.2026 11:16:00
- 1 min read
Turkiyaning Aydin viloyatida bank kartalari orqali amalga oshirilgan shubhali pul o‘tkazmalari yuzasidan 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan tergov olib borilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning ayrimlari sud qarori asosida jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari deportatsiya markazida saqlanmoqda. Yana bir qismi mamlakatdan chiqib ketmaslik sharti bilan ozod qilingan va tergov davom etmoqda.
Fuqarolarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar ularning ishga aloqadorligi, bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazilgan mablag‘ miqdori va tergovda aniqlanayotgan boshqa holatlarga qarab belgilanmoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi vaziyatni Turkiya idoralari bilan hamkorlikda kuzatib, fuqarolarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.
Konsulxona fuqarolarni bank kartalari, hisob raqamlari va mobil bank xizmatlarini begona shaxslarga bermaslikka, kelib chiqishi noma’lum mablag‘larni qabul qilmaslik va o‘tkazmaslikka chaqirdi.