Farg‘onada qurolli janjal: ikki kishi jarohatlandi

Farg‘onada qurolli janjal: ikki kishi jarohatlandi
  • 1
  • 04.10.2025 08:32:00
  • 1 min read

1-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida avtoturargohda nizoli uchrashuv janjalga aylandi. 2000-yilda tug‘ilgan I.I. va uning tanishi M.A. sovuq qurol ishlatib, 1998-yilda tug‘ilgan S.Q.ga tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng S.Q.ning tanishi B.M. Equinox avtomashinasi bilan M.A.ni urib yuborgan.
Natijada S.Q. va M.A. shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 97-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. IIB voqeaga aloqador shaxslar ushlangani va qonuniy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News