ATTO kartalaridan asossiz pul yechilyaptimi?

ATTO kartalaridan asossiz pul yechilyaptimi?
  • 0
  • 09.10.2025 12:29:00
  • 1 min read

So‘nggi kunlarda Toshkent aholisi ATTo kartalaridan sababsiz pul yechilgani haqida shikoyat qilmoqda. Ayrim foydalanuvchilar hatto “kartadagi barcha mablag‘ yechib olinganini” yozishgan. ATTO kompaniyasi holat yuzasidan rasmiy izoh berdi. Ma’lum bo‘lishicha, pul yechib olinishi faqat 16–30 sentabr kunlari “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida to‘lov qilgan foydalanuvchilarda sodir bo‘lgan. O‘sha paytda terminal tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgani sababli ayrim to‘lovlar o‘z vaqtida yechib olinmagan. Hozirgi kunda kartalardan ushbu vaqt oralig'idagi to'lovlar kartalar hisobidan yechib olinish jarayoni ketmoqda. ATTO ta’kidlashicha, hech qanday ortiqcha yoki noto‘g‘ri yechimlar amalga oshirilmayapti — mablag‘lar faqat belgilangan davrda yo‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy safarlar uchun ushlab qolinyapti.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News