
- 2
- 22.08.2026 15:54:00
- 1 min read
O‘zbekistonda kirish imtihonida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plab, tanlagan 5 ta yo‘nalishiga kira olmagan abituriyentlarga qo‘shimcha ravishda 6-yo‘nalishni tanlash imkoniyati berildi.
Bunda fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan, vakant o‘rin mavjud bo‘lgan 6-yo‘nalishlardan birini tanlash mumkin.
2026/2027-o‘quv yili uchun 80 ta oliygohda 31 808 ta vakant o‘rin mavjud. Qo‘shimcha tanlovda qatnashish uchun 22–28-avgust kunlari my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.