
- 0
- 04.11.2025 11:36:00
- 1 min read
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “M-25” konida yana gaz sizib chiqdi. Hodisa aks etgan videolar tarqalgach, Energetika vazirligi rasmiy izoh berdi. 2-noyabr kuni konning 202-son qudug‘ida avvaldan yoqib qo‘yilgan olov vaqtincha so‘ngan, bu esa geologik jarayon natijasida yuz bergani aytildi. Zararli moddalar havoga tarqalmasligi uchun gaz tezda yana yoqib qo‘yilgan.
Vazirlikka ko‘ra, bu sanoat xavfsizligi talablariga mos standart choradir. Vaziyat hozirda barqaror va mutaxassislar nazoratida.
Avvalroq, 27-mart kuni Boysun tumanidagi “M-25” konining 202-son qudug‘ida vodorod sulfidining nazorat ostida otilishi kuzatilgan edi.