Andijonlik motobloger qiz poyga o‘ynagani uchun qamaldi

Andijonlik motobloger qiz poyga o‘ynagani uchun qamaldi
  • 0
  • 14.10.2025 16:28:00
  • 1 min read

Qashqadaryoda motobloger qiz va Gentra haydovchisi tungi poyga uyushtirgani uchun jazoga tortildi. Aniqlanishicha, 13-oktabr kuni tunda Andijon viloyatida yashovchi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan qiz ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor qozonish maqsadida Qarshida Gentra haydovchisi bilan poyga tashkil etgan. Ular yo‘l harakati qoidalarini buzib, tezlikni oshirgan va piyodalar hamda boshqa transport vositalariga xavf tug‘dirgan. Sud qaroriga ko‘ra, motobloger qiz 3 sutkaga ma’muriy qamoqqa olinib, 10,3 million so‘m jarimaga tortildi. Gentra haydovchisi esa 1 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 5 sutkaga qamoqqa olindi va 10,3 million so‘m jarimaga tortildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News