
- 1
- 10.10.2025 13:06:00
- 1 min read
AQShning Florida shtatidagi Ave-Mariya shahrida yashovchi fuqaro do‘stining uyiga borganda kutilmagan “mehmon” bilan to‘qnash keldi — eshik oldida katta timsoh yotgan edi! Voqea telefoni kamerasi orqali videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. Timsoh uyning eshigiga tiralib, go‘yo ichkariga kirishni kutayotgandek harakat qilgan. Biroz vaqt o‘tgach esa, yaqindagi hovuzlardan biriga qaytib ketgan. Florida aholisi esa bu hodisani hazil aralash “yangi mehmon qabul qilish mavsumi boshlandi shekilli” deb izohlashgan.