Sariosiyo—Termiz poyezdidagi holat yuzasidan o‘rganish boshlandi

Sariosiyo—Termiz poyezdidagi holat yuzasidan o‘rganish boshlandi
  • 2
  • 25.08.2026 13:09:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo—Termiz yo‘nalishidagi poyezdda yo‘lovchilar vagon yo‘laklarida to‘planib qolgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” ma’lum qilishicha, ushbu yo‘nalishdagi poyezd 4 ta vagondan iborat bo‘lib, chiptalar aniq o‘rindiq ko‘rsatilmagan holda sotiladi. Har bir vagon 81 nafar yo‘lovchini o‘tirgan holda tashishga mo‘ljallangan. Dam olish kunlarida yo‘lovchilar oqimi oshgani sababli gavjumlik yuzaga kelishi mumkin. Kompaniya vagonlarda yozda sovitish, qishda esa isitish tizimlari ishlashi ta’minlanishini bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan mas’ullar o‘rganish ishlarini boshlagan.

 

Avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham hududdagi poyezdlar va vagonlardagi sharoitlarni tanqid qilgandi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News