✈️ Qimmatga tushgan hazil: otaxon samolyotdan tushirib yuborildi

✈️ Qimmatga tushgan hazil: otaxon samolyotdan tushirib yuborildi
  • 2
  • 04.09.2026 19:51:00
  • 1 min read

3-sentabr kuni Olmaota–Oqtov yo‘nalishidagi reys bir otaxonning hazili sabab ikki soatga kechikdi.

Samolyotga chiqish vaqtida styuardessa og‘ir sumkani yuqori javonga qo‘ya olmayotganida, yoshi katta yo‘lovchi unga yordam bergan. Shunda u sumkaning og‘irligiga hazil qilib, qozoq tilida: “Bu sumkada qo‘rg‘oshin bormi yoki bomba?” degan.

Shundan so‘ng yo‘lovchi reysdan tushirilib, uning o‘zi va yuki tekshirildi. Tekshiruvda portlovchi moddalar yoki taqiqlangan buyumlar topilmadi.

Aeroportda evakuatsiya bo‘lmagan, ammo reys ikki soatga kechikkan. Yo‘lovchi mayda bezorilik uchun javobgarlikka tortilgan, ish sudga yuboriladi. Mutasaddilar yo‘lovchilarni aeroport va samolyotlarda xavfsizlikka tahdid sifatida tushunilishi mumkin bo‘lgan gaplarni, hatto hazil tariqasida ham, aytmaslikka chaqirdi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News