
- 5
- 30.09.2026 14:20:00
- 1 min read
30-sentabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai samolyoti havoda 7700 va 7500 favqulodda kodlarini yubordi. 7500 kodi samolyotga noqonuniy aralashuv yoki olib qochish ehtimolini bildiradi. Shundan so‘ng Isroil qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarildi.
Keyinchalik samolyot Saudiya Arabistonining Tabuk shahridagi aeroportga xavfsiz qo‘ndi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.
Dastlab samolyot olib qochilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan. Biroq keyinchalik hodisa ikki uchuvchi o‘rtasidagi jismoniy janjal sabab yuz bergani ma’lum bo‘ldi. Yo‘lovchilardan biri uchuvchining pichoqlangani haqida ma’lum qilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, samolyot olib qochilmagan va barcha yo‘lovchilar xavfsiz.