
- 3
- 18.09.2026 10:53:00
- 1 min read
Toshkentning Sergeli tumanidagi maktablarda o‘quvchilar davomatini sun’iy intellekt (SI) yordamida nazorat qilish boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.
“SI Davomat” tizimi o‘quvchilarning maktabga kelishi va darslarda qatnashishini smart-kameralar va Face ID orqali avtomatik qayd etadi. O‘quvchi uzrli sababsiz dars qoldirsa, uning ota-onasiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Tizim takroriy dars qoldirish holatlarini ham aniqlaydi. Kasallik sababli dars qoldirilgani esa Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimi bilan integratsiya orqali avtomatik hisobga olinadi.
Shuningdek, tizim darslarning tashkil etilishi, o‘quvchilarning faolligi va o‘qitish usullarini tahlil qilib boradi. Bu ma’lumotlardan ta’lim sifatini oshirish va muammolarni o‘z vaqtida aniqlashda foydalaniladi.
Hozirda tizim Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda ishlamoqda. Ularda jami 446 ta smart-kamera o‘rnatilgan.
Aprobatsiya natijalariga qarab, tizimni Toshkentdagi boshqa maktabla