
- 5
- 31.08.2026 18:38:00
- 1 min read
Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakili Afg‘oniston qo‘shni davlatlar uchun hech qanday tahdid tug‘dirmasligini va mintaqada Afg‘onistondan kelayotgan xavf haqidagi xavotirlarning aksariyati asossiz ekanini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat chegaralarini to‘liq nazorat qilmoqda va mamlakatda xavfsizlik ta’minlangan. Mujohid KXShT bosh kotibi Taalatbek Masadikovning Tojikiston–Afg‘oniston chegarasini mustahkamlash uchun qurol-yarog‘ va texnika yetkazib berilishi haqidagi bayonotiga javoban, Afg‘onistondan boshqa davlatlarga tahdid kelib chiqmayotganini ta’kidladi.
Avvalroq KXShT Tojikiston–Afg‘oniston chegarasini mustahkamlash uchun zarur qurol-yarog‘ va texnika ro‘yxati kelishib olingani, dastlabki yetkazib berishlar kuzda boshlanishi kutilayotganini bildirgan.