Qozog‘istonda bolalar uchun fastfud va shirin ichimliklar reklamasi cheklanishi mumkin

Qozog‘istonda bolalar uchun fastfud va shirin ichimliklar reklamasi cheklanishi mumkin
  • 3
  • 10.09.2026 10:45:00
  • 1 min read

Qozog‘istonda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan fastfud, shirin ichimliklar hamda tarkibida shakar, tuz va to‘yingan yog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar reklamasini cheklash taklif qilinmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik bunday mahsulotlarni televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar va tashqi reklamada targ‘ib qilishni cheklash bo‘yicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqdi. Hozirda ushbu cheklovlarning ta’siri o‘rganilmoqda.
Tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — bolalarning oziq-ovqat tanloviga marketing ta’sirini kamaytirish va ularda yoshligidan sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 6–9 yoshli bolalarning 23 foizi ortiqcha vaznga ega, 6 foizida esa semizlik aniqlangan. O‘smirlarning 17,5 foizi har hafta energetik ichimliklar iste’mol qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News