Mustaqillik bayramida qo‘shimcha transport qatnovlari tashkil etiladi

Mustaqillik bayramida qo‘shimcha transport qatnovlari tashkil etiladi
  • 2
  • 28.08.2026 15:24:00
  • 1 min read

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bayram kunlarida aholiga qulaylik yaratish uchun qo‘shimcha transport qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

 

🚆 Temiryo‘l transporti:

Toshkent—Xiva, Qo‘ng‘irot, Shovot, Termiz va Sariosiyo yo‘nalishlaridagi poyezdlarga 4 tagacha qo‘shimcha vagon ulanadi. Shuningdek, Toshkent—Samarqand, Buxoro va Urganch yo‘nalishlarida qo‘shimcha elektropoyezdlar qatnaydi.

 

🚌 Avtomobil transporti:

Viloyatlararo barcha yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobuslar tashkil etiladi. Toshkentdan Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus yo‘nalishlarida ham qo‘shimcha avtobuslar qatnaydi.

 

✈️ Havo transporti:

Toshkent—Urganch, Nukus, Buxoro va Termiz yo‘nalishlarida qo‘shimcha aviareyslar amalga oshiriladi.

 

Qo‘shimcha qatnovlar bayramdan 2–3 kun oldin boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, besh kunlik ish haftasida ishlovchilar 29-avgustdan 1-sentabrgacha, olti kunlik ish haftasida ishlovchilar esa 30-avgustdan 1-sentabrgacha dam oladi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News