
- 3
- 09.09.2026 17:57:00
- 1 min read
Toshkentning Yunusobod tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 7-sentabr kuni soat 13:20 larda “Shoshtepa” mahallasida 2009 va 2011-yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar o‘quvchi o‘zaro tortishib qolgan. Maktabning boshqa o‘quvchilari aralashib, janjalni to‘xtatgan. Holat yuzasidan maktabda o‘quvchilar, ularning ota-onalari va rahbariyat ishtirokida muhokama o‘tkazilgan.
Jamoat tartibini buzgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.