Farg‘onada avtomobil boshqargan 5-sinf o‘quvchisining otasiga chora ko‘rildi

Farg‘onada avtomobil boshqargan 5-sinf o‘quvchisining otasiga chora ko‘rildi
  • 2
  • 22.09.2026 12:59:00
  • 1 min read

Farg‘onaning So‘x tumanida 5-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli Tracker avtomobilini boshqargani aniqlandi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Ma’lum qilinishicha, bola So‘x tumanidagi 11-maktabning 5-sinfida o‘qiydi. Avtomobil otasi ishtirokida jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Holat yuzasidan bolaning otasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi hamda 135-moddasi 2-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga tegishli moddalar bo‘yicha jarima qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, ota bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
YHXB ota-onalarni voyaga yetmagan farzandlariga avtomobil boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News