
- 3
- 02.09.2026 14:02:00
- 1 min read
Avvalroq Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov YTHga uchragani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, hodisa 30-avgust kuni soat 07:45 larda “Nurafshon” MFY hududida sodir bo‘lgan. “MAZ” yuk mashinasi chap tomonga burilayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan hokim boshqaruvidagi KIA Seltos avtomobili yo‘liga chiqib ketgan va mashinalar to‘qnashgan.
Tarmoqlarda avtomobilni hokimning o‘g‘li boshqargani haqida xabarlar tarqalgan edi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, rulda hokimning o‘zi bo‘lgan, voyaga yetmagan o‘g‘li esa yo‘lovchi sifatida mashinada bo‘lgan. YTH oqibatida hokim va uning o‘g‘li jarohatlanib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. O‘g‘lining oyog‘i singan, ahvoli esa yaxshilangan. Yuk mashinasi haydovchisi jarohatlanmagan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.