
- 0
- 04.11.2025 11:34:00
- 1 min read
Italiya poytaxti Rimda o‘rta asrlarga oid Konti minorasining bir qismi qulab tushdi. Hodisa 3-noyabr kuni restavratsiya jarayonida yuz bergan. To‘rt ishchi vayronalar ostida qolgan, ulardan biri 12 soatdan so‘ng topilgan, biroq tez yordam mashinasida yuragi to‘xtab vafot etgan. Qolgan uch ishchidan biri og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Prokuratura hodisa bo‘yicha tergov boshlagan. Konti minorasi 1203-yilda qurilgan bo‘lib, ilgari 50 metr balandlikda bo‘lgan, hozirda esa 29 metrga tushgan.