Qizchasini tok urib o‘ldirgan ayol erini pichoqladi

Qizchasini tok urib o‘ldirgan ayol erini pichoqladi
  • 1
  • 30.09.2025 07:57:00
  • 1 min read

Toshkent shahrida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘ini pichoq bilan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura tasdiqlagan.
Jinoyat sabablari hozircha aniqlanmagan. Ayolga nisbatan qasddan odam o‘ldirish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq, may oyida ushbu ayolning 11 yoshli qizi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘lgandi. Qizcha do‘stlariga yordam berish uchun do‘kon tomiga chiqqan va o‘yinchoqni olganidan so‘ng, pastga tushayotganida tok urgan.
Qizning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo tergov tafsilotlari ommaga e’lon qilinmagan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News