
- 0
- 03.11.2025 13:23:00
- 1 min read
Turkiyaning Diyarbakir shahrida g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi — ikki kishi harakatlanayotgan yuk mashinasining tirkamasidan qo‘y o‘g‘irlab ketdi. Ular motosikl minib, mashinaga yaqinlashgan va bir zumda qo‘yni olib, voqea joyidan tezda qochib ketishgan.
Guvohlarning aytishicha, hodisa yo‘l o‘rtasida, transport harakati qizg‘in paytda sodir bo‘lgan. Hozirda politsiya o‘g‘rilarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha qidiruv ishlarini olib bormoqda.