
- 4
- 17.09.2026 17:30:00
- 1 min read
Singapur hukumati aholining kitob o‘qish odatini shakllantirish va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni kamaytirish maqsadida yangi dastur boshladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Dasturga ko‘ra, fuqaro kuniga kamida 15 daqiqa kitob o‘qisa, unga 20 ta virtual tanga beriladi. 1 000 ta tanga to‘plangach, ularni 1 Singapur dollariga, ya’ni taxminan 9 200 so‘mga almashtirish mumkin. Kuniga faqat bitta o‘qish seansi hisobga olinadi.
Dastur sentabr oyida ishga tushirilgan. Hukumat bu tashabbusni yangiliklar va ijtimoiy tarmoqlar lentasini doimiy kuzatishga muqobil sifatida ko‘rmoqda.
Singapur Milliy kutubxona kengashi rahbari Melissa Tamning aytishicha, foydali odatlar kichik, ammo muntazam harakatlar orqali shakllanadi. Shu sababli dastur 15 daqiqalik mutolaadan boshlanmoqda.
Tashabbus mamlakatning ijtimoiy tarmoqlarning, ayniqsa, yoshlarga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan kengroq choralarining bir qismi hisoblanadi.