Toshkent aeroportida 1,3 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni yashirgan yo‘lovchi ushlandi

Toshkent aeroportida 1,3 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni yashirgan yo‘lovchi ushlandi
  • 3
  • 21.09.2026 17:57:00
  • 1 min read

Toshkent aeroportida Dubaydan kelgan yo‘lovchining yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1,293 mlrd so‘mlik tilla buyumlar aniqlandi.
Bojxona nazorati vaqtida fuqaroning yukidan jami 921,37 gramm og‘irlikdagi 141 dona zargarlik buyumi va 3 ta oltin quyma topilgan.
Shuningdek, yuklar orasidan aksiz markasi bo‘lmagan 120 quti tamaki va 90 dona nikotinli snyus aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News