Surxondaryoda order so‘ragan ayolga shilqimlik qilgan tibbiyot xodimi qamaldi

Surxondaryoda order so‘ragan ayolga shilqimlik qilgan tibbiyot xodimi qamaldi
  • 1
  • 20.08.2026 20:03:00
  • 1 min read

Surxondaryoning Termiz tumanida tibbiyot birlashmasi bo‘lim boshlig‘i davolanish uchun order so‘rab kelgan ayolga jinsiy yaqinlik taklif qilgani uchun 3 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.

Hodisa 10-avgust kuni yuz bergan. 56 yoshli X.E. order masalasini jinsiy yaqinlik evaziga tezlashtirib hal qilish mumkinligini aytib, ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan. Ayol bu haqda 112 raqamiga murojaat qilgan.

Sudda X.E. aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. Sud uni shahvoniy shilqimlik qilishda aybdor deb topib, 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News