
- 1
- 20.08.2026 15:15:00
- 1 min read
20-avgustdan Toshkent shahri uzra Diamond laboratoriya samolyoti yordamida rejali parvoz tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Tekshiruvlar havo kemalarining xavfsiz parvozini ta’minlash va navigatsiya tizimlarining talabga muvofiqligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Parvozlar bir necha kun davom etadi. Samolyotlar poytaxt uzra taxminan 1 000 metr balandlikda, turli yo‘nalishlarda va odatdagidan farqli manyovrlar bilan 6 soatgacha uchishi mumkin. Ayrim hududlar ustidan bir necha marta uchib o‘tishi ham mumkin.
Mutasaddilar bu rejali tekshiruv ekanini va xavotirlanishga sabab yo‘qligini bildirdi.