Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir guruh jurnalistlar mukofotlandi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir guruh jurnalistlar mukofotlandi
  • 3
  • 22.08.2026 20:46:00
  • 2 min read

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22-avgustdagi farmoniga asosan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Farmonga ko‘ra, “Do‘stlik” ordeni bilan Galiyev Rashid Talipovich — “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati fotomuxbiri va Umirzakova Nilufar Talibjanovna — “O‘zbekiston” radiokanalining ma’rifiy, badiiy dam olish dasturlar muharririyati katta muharriri taqdirlandi.

Shuningdek, Tashmatova Komilaxon Turayevna — “Bolajon” telekanalining teleloyihalar ishlab chiqarish muharririyati bosh muharriri — “Sog‘lom turmush” medali;

Isroilov Otabek Odiljon o‘g‘li — O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining bosh muharriri — “Kelajak bunyodkori” medali;

Abidova Shaxloxon Qodirjonovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Namangan” radiokanali informatsion, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va ko‘ngilochar dasturlar muharririyati sharhlovchisi — “Shuhrat” medali;

Askarov Dilshodbek Qobilovich — “Vodiy1.uz” tahririyati muharriri — “Shuhrat” medali;

Gafurov Umidjon Ilxomovich — “Thebase” xususiy korxonasi rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Troll.uz” loyihasi asoschisi — “Shuhrat” medali;

Ishanxodjayev Saidaziz Saidnabi o‘g‘li — Prezident Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi o‘rinbosari — “Shuhrat” medali;

Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi direktori — “Shuhrat” medali;

Sagitov Mirxan Mirgaziyan — Prezident Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi marafonlarni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i — “Shuhrat” medali;

Sur’atxo‘jayev Salohiddinxo‘ja Ulug‘bek o‘g‘li — Prezident Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i — “Shuhrat” medali;

Turayev Sarvarbek Kenjaboyevich — “Surxondaryo viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Surxondaryo telekanali” muharririyati bosh muharriri — “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News