Toshkentda SAT sertifikatini noqonuniy olib beruvchi guruh ushlandi

Toshkentda SAT sertifikatini noqonuniy olib beruvchi guruh ushlandi
  • 5
  • 19.09.2026 15:14:00
  • 1 min read

Toshkentda fuqarolarga SAT sertifikatini noqonuniy yo‘l bilan olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolari Yangihayot tumanidagi xususiy maktabda “bunker” tashkil qilgan. Ularning aksariyati Toshkentdagi xorijiy universitet filiallari talabalari bo‘lgan.
IT mutaxassisi tizimga yashirincha kirib, test savollarini yechish imkonini yaratgan. Talabalar esa masofadan turib, SAT topshiruvchilar o‘rniga savollarni yechgan.
Guruh a’zolaridan biri sertifikat olishni istagan 5 kishining har biridan 1,5 ming dollardan talab qilgan. Pullardan biri kriptohamyon orqali olingan.
Holat yuzasidan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News