
- 0
- 03.06.2025 09:33:00
- 1 min read
⚡️ AQShda havodan benzin oluvchi qurilma yaratildi
AQShda Aircela kompaniyasi havodan benzin sintez qiluvchi qurilma taqdim etdi. Sovutgich hajmidagi bu qurilma atmosferadagi karbonat angidridni ushlab, uni dvigatellarga mos ekologik toza yoqilg‘iga aylantiradi. Yoqilg‘i tarkibida oltingugurt va zararli moddalar yo‘q. Qurilma ixcham, osongina ko‘paytiriladi va logistika xarajatlarini kamaytiradi. Aircela 2025-yil kuzida uni tijorat va sanoat foydalanuvchilari uchun joriy etishni boshlaydi.