
- 2
- 23.09.2026 13:24:00
- 1 min read
Xitoyning Sichuan provinsiyasida 6 yoshli Lyan Yunji kubik-rubikni 4 soniyadan sal ko‘proq vaqt ichida yig‘ib, jahon rekordini o‘rnatdi.
U Jahon Kubik Assotsiatsiyasi (World Cube Association) tomonidan tasdiqlangan musobaqada avval 4,52 soniyalik, keyin esa 4,27 soniyalik o‘rtacha natija qayd etdi.
Shu tariqa Lyan kubik-rubikni o‘rtacha 4,5 soniyadan tezroq yig‘gan dunyodagi ilk ishtirokchi bo‘ldi.
6 yoshli qiz so‘nggi bir yil davomida kuniga 2–3 soat mashq qilgan va 1 300 dan ortiq algoritmni o‘rgangan.