Toshkentda 4 yoshli qizcha harakatlanayotgan mashinadan tushib ketdi

Toshkentda 4 yoshli qizcha harakatlanayotgan mashinadan tushib ketdi
  • 8
  • 10.10.2025 16:49:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda kichkina qizcha mashinada yo‘lga tushib ketgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, 9-oktabr kuni Sergeli tumanida 61 yoshli erkak boshqaruvidagi VAZ-2115 rusumli avtomobil svetofordan harakatlana boshlagan paytda, uning 4 yoshli nabirasi mashina eshigini tasodifan ochib yuborgani sababli yo‘lga tushib ketgan. Yaxshiyamki, qizaloqqa hech qanday zarar yetmagan. Holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News