Ohangaronda bog‘chada hasharotlarga qarshi vositani ichib qo‘ygan 3 yoshli bola vafot etdi

Ohangaronda bog‘chada hasharotlarga qarshi vositani ichib qo‘ygan 3 yoshli bola vafot etdi
  • 20
  • 28.09.2026 12:19:00
  • 1 min read

Ohangaron shahridagi davlat bog‘chasida 3 yoshli bola hasharotlarga qarshi vositani ichib qo‘yib, vafot etdi. Hodisa 28-avgust kuni sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, bola oshxonaga kirgan va u yerda BSM vositasini ichib qo‘ygan. U zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Hozirda bolaning oshxonaga qanday kirgani, xavfli vosita nega uning qo‘li yetadigan joyda turgani va uni saqlash uchun kim mas’ul bo‘lgani o‘rganilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, aybdorligi aniqlangan shaxslarga qonuniy chora ko‘riladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News