
- 10
- 16.09.2026 14:45:00
- 1 min read
Toshkentda 16 yoshli Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat o‘quvchisi yotoqxonaning 4-qavatidan tushib ketganidan 10 kun o‘tib, shifoxonada vafot etdi.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 5-sentabr kuni maktab-internat yotoqxonasida sodir bo‘lgan. O‘quvchi yuqori qavatdagi derazadan tushib ketgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, u 10 kundan so‘ng shifoxonada vafot etgan.
Marhum o‘quvchi matematika va ilmiy yo‘nalishdagi respublika hamda xalqaro tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan. 2026-yilda Olmaota shahrida o‘tkazilgan yosh tadqiqotchilar xalqaro turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Hodisaning barcha tafsilotlari va sabablari aniqlanmoqda.