
- 1
- 04.10.2025 08:34:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bola Lacetti’ni haydab ketayotgani va YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgani aks etgan video tarqaldi. Voqea 1-oktabr kuni To‘rtko‘l tumanida sodir bo‘lgan. Ichki ishlar xodimlari bolaning otasini chaqirtirishgan. U protokolni imzolashdan bosh tortib, aybini tan olmagan va “kelishishga” uringan.
Natijada otaga nisbatan Maʼmuriy kodeksning 135-moddasi 2-qismi bo‘yicha bayonnoma tuzildi. Mashina esa jarima maydonchasiga olib ketildi.