9 mln yevrolik yangi yaxta cho‘kib ketdi

9 mln yevrolik yangi yaxta cho‘kib ketdi
  • 1
  • 18.08.2026 16:28:00
  • 1 min read

Italiyaning Sardiniya oroli qirg‘oqlarida qiymati 9 million yevrodan ortiq bo‘lgan Angiola II superyaxtasi yangi egasiga topshirilganidan atigi to‘rt kun o‘tib cho‘kib ketdi.
30 metr uzunlikdagi yaxtada Porto-Chervo yaqinida to‘satdan yong‘in chiqqan. Ko‘p o‘tmay, jiddiy zarar ko‘rgan kema suv ostida qolgan.
Hodisa vaqtida bortda bo‘lgan 14 kishining barchasi qutqarib qolingan. Yaxtani keyinchalik suvdan chiqarib, qirg‘oqqa olib chiqish rejalashtirilmoqda.
Angiola II 2020-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, shu vaqtgacha bir necha bor egasini o‘zgartirgan. Hozir yong‘in sababi va yaxtaning cho‘kish holatlari bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News