O‘zbekistonda 852 nafar mahkumga afv etildi

O‘zbekistonda 852 nafar mahkumga afv etildi
  • 2
  • 27.08.2026 15:16:00
  • 1 min read

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Prezident farmoni bilan 852 nafar mahkum afv etildi.

Ularning 604 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 115 nafari muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi. Yana 52 nafar mahkumning jazosi yengilroq jazo bilan almashtiriladi, 81 nafarining qamoq jazosi muddati qisqartiriladi.

Afv etilganlar orasida 375 nafar yosh, 49 nafar ayol, 37 nafar 60 yoshdan oshgan erkak va 7 nafar chet el fuqarosi bor. Shuningdek, 63 nafari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslardir.

2017-yildan buyon Prezidentning afv etish bo‘yicha 31 ta farmoni e’lon qilingan. Ular asosida jami 10 567 nafar mahkum afv etilgan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News