
- 3
- 02.11.2025 12:25:00
- 1 min read
Buyuk Britaniyada 79 yoshli aristokrat va multimillioner Benjamin Sleyd yosh rafiqa izlayotgani haqida e’lon berdi. U Somerset grafligida joylashgan 526 gektarlik yer, qasr, otxonalar va katta xo‘jalikka ega.
Benjaminning aytishicha, u hayotini baham ko‘radigan mehribon, aqlli va sadoqatli ayolni izlayapti. Maqsadi — oila qurish, farzandli bo‘lish va boy merosini kelajak vorisiga qoldirish.
“Men hali ham sevgi, bolalar va biroz sarguzasht uchun tayyorman,” — deydi u tabassum bilan.